“SUN‘IY INTELLEKT VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” MAVZUSIDA XALQARO KONFERENSIYA
Tadbir haqida
О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
ZARMED universiteti Samarqand kampusi
AXBOROT XATI
2026-yil 17–18-aprel kunlari Samarqand shahrida, ZARMED universiteti Samarqand kampusida xalqaro miqyosda “Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.
Mazkur konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-oktyabrdagi “Sun’iy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-189-son hamda 2022-yil 28-yanvardagi “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son farmonlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 16-yanvardagi 11-son buyrug‘i asosida tashkil etilmoqda.
Konferensiyada sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, ularning ilm-fan, ta’lim, iqtisodiyot va boshqa sohalardagi qo‘llanilishi hamda rivojlanish istiqbollari muhokama qilinadi.
Konferensiyada respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari, mutaxassislar, tadqiqotchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning ishtiroki ko‘zda tutilgan.
Ushbu xalqaro anjuman 2026-yil 17-18-aprel kunlari ZARMED universiteti Samarqand kampusida o‘tkaziladi va quyidagi sho‘balar bo‘yicha ish olib boradi:
1-Sho‘ba. Sun‘iy intellektning iqtisodiy barqaror o‘sishga ta’siri va sohalar kesimida qo‘llanish imkoniyatlari (AI asosida prognozlash, boshqaruvni optimallashtirish, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish.)
2-Sho‘ba. Raqamli ta'lim va ilmiy tarqiqotlarda innovatsion texnologiyalar: adaptiv tizimlar va virtual laboratoriyalar (Adaptiv oʻquv tizimlari, AI tutorlar, virtual va kengaytirilgan haqiqat laboratoriyalari, masofaviy taʼlim platformalari, ochiq fan tamoyillari, maʼlumotlarni boshqarish va takrorlanuvchan tadqiqot metodologiyalari).
3-Sho‘ba. Sun'iy intellektning amaliy qo'llanilishi: tibbiyot, atrof-muhit va xavfsizlik (Tibbiyotda tashxis va davolash, atrof-muhit monitoringi, iqlim oʻzgarishi modellari, kiberxavfsizlik, avtonom transport va aqlli transport tizimlari).
4- Sho‘ba. Aqlli shaharlar va barqaror rivojlanish: raqamli egizaklar va generativ dizayn (Shaharlarning raqamli egizaklari, generativ va parametrik arxitektura, energiya samarali bino dizayni, smart boshqaruv tizimlari, shahar xizmatlarini optimallashtirish).
Mazkur konferensiyada ishtirok etishni istagan professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar hamda talabalar o‘z ilmiy izlanishlari natijasida tayyorlagan ilmiy maqolalari va tezislarini yuqorida ko‘rsatilgan sho‘balar yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etishlari mumkin.
Shuningdek, konferensiya maqolalari saralangan holda nufuzli AIP Conference Proceedings (Scopus) jurnalalida nashr etishga tavsiya etiladi. Ishtirokchilar esa ushbu sohalardagi eng so‘nggi innovatsion yondashuvlar asosida zarur bilim va ko‘nikmalarni shakllantiradi, ilmiy tadqiqotlarni amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlarini kengaytiradi.
- konferensiyaga taqdim etilgan materiallar to‘plami elektron nashr etiladi hamda GoogleScholar tizimlarida indekslanadi, raqamli ob’yekt identifikatori (DOI) beriladi.
- Shuningdek, tahrir hay’ati qarori asosida saralangan maqolalar “Zarmed science” ilmiy jurnalida nashr etish uchun tavsiya etiladi.
Talablar
TAQDIM ETILADIGAN TEZISLARNI RASMIYLASHTIRISHGA QO‘YILGAN
TALABLAR
I. Maqolalarga qo‘yilgan asosiy shartva talablar:
Maqolalar yaxshi tahrir qilingan holda Xalqaro IMRAD talabiga mos tayyorlananib rasmiylashtirilishi zarur: annotatsiya (Abstract), kirish (Introduction), natija va muhokama (Results and Discussion), xulosa (Conclusion), adabiyotlar ro‘yxati (References).
II. Maqola tarkibi
Maqolaning hajmi: adabiyotlar ro‘yxati, chizma va jadvallar inobatga olingan holatda 4-8 betgacha (Tezis matni 4 bet hajmdan kam bo‘lmasligi so‘raladi);
Maqola nomi bosh harflarda yoziladi, keyingi qatordan muallifning ismi, familiyasi va keyingi qatordan ilmiy darajasi, tashkilot nomi ko‘rsatiladi;
Annotatsiya (60-80 ta so‘z) va kalit so‘zlar (8-10 ta) ingliz, o‘zbek va rus tillarida keltiriladi.
Kirish qismida mavjud muammolar keltiriladi.
Natija va muhokamada muammolarni bartaraf etish uchun ilmiy asoslangan takliflar va tavsiyalar berilib, xulosada kutilayotgan natija bayon qilinadi hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati beriladi.
III. Sahifa o‘lchami :
Shrift turi: Times New Roman, o‘lchami – 14;
Sahifa formati: A4;
Hoshiyasi: yuqoridan, pastdan 2 sm, chapdan 3,5 sm hamda o‘ngdan 1,5 sm;
Interval – 1,5.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (References): Ushbu qismda tadqiqotda foydalanilgan barcha adabiyotlarning ro‘yxati [1], [2] yoki [3] ketma-ketligida:
mualliflar ismi-sharifi, kitob nomi, nashr manzili nashriyot nomi, yili, betlari;
mualliflar ismi-sharifi, maqola nomi, jurnal nomi, nashri, yili, soni, betlari.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etish uchun ariza shakli
Ishtirokchining to‘liq ismi (ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, lavozimi) | |
Tashkilotning to‘liq nomi (tashkilot ustaviga muvofiq) | |
Tashkilotning qisqa (rasmiy) nomi (tashkilot ustaviga muvofiq) | |
Konferensiya sho‘basi | |
Maqola nomi | |
Ishtirok etish shakli (an’anaviy/masofaviy) | |
Telefon raqam | |
Elektron pochta manzili |
Kontaktlar
Maqolalarni qabul qilish muddati:
2026-yil 15-aprelgacha.
Maqolalar onlayn tarzda
E-mail: sciencezarmed@gmail.com
Telegram ID: https://t.me/ZarmedScience
Web-page: www.science.zarmeduniver.com
Orqali qabul qilinadi.
Konferensiya o‘tkazish joyi: ZARMED universiteti Samarqand kampusi, Faollar zali.
Tashkiliy qo‘mita manzili: 140104, Samarqand shahar, Xo‘ja Ahror Valiy ko‘chasi, 23-uy.
Web-sayt: www.zarmeduniver.com
E-mail: info@zarmeduniver.com
MUROJAAT UCHUN TELEFON:
+99893 227 88 55
+99890 193 96 16
+99893 334 04 76
ILMIY MAQOLALAR VA TEZISLAR UCHUN TO‘LOVLAR
Tezis uchun tashkiliy badal: 120 000 so‘m (GoogleScholar bazasida indekslash, tahrir ishlari, DOI raqam).
Qabul qilingan maqola va tesizlar to’lovini amalga oshirish: ……………………….raqamiga klik qilinadi.