SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA

ZARMED universitetida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi

18-February, 2026-yil 12:58

ZARMED universitetida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi

 

2026-yil 17–18-aprel kunlari Samarqand shahrida, ZARMED universiteti Samarqand kampusida “Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Mazkur anjuman O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-oktyabrdagi PF–189-son hamda 2022-yil 28-yanvardagi PF–60-son farmonlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan.

Konferensiyada sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, ularning ta’lim, ilm-fan, iqtisodiyot, tibbiyot, atrof-muhit va aqlli shaharlar tizimlaridagi amaliy qo‘llanilishi hamda istiqbollari muhokama qilinadi.

Anjumanda respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, tadqiqotchilar va mustaqil izlanuvchilarning ishtiroki kutilmoqda.

Konferensiya sho‘balari:

  1. Sun’iy intellektning iqtisodiy barqaror o‘sishga ta’siri
  2. Raqamli ta’lim va ilmiy tadqiqotlarda innovatsion texnologiyalar
  3. Sun’iy intellektning amaliy qo‘llanilishi: tibbiyot, atrof-muhit va xavfsizlik
  4. Aqlli shaharlar va barqaror rivojlanish

Ilmiy maqola va tezislar o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.

Saralangan maqolalar Scopus bazasidagi AIP Conference Proceedings jurnalida nashr etishga tavsiya etiladi. Konferensiya materiallari elektron to‘plam shaklida chop etilib, Google Scholar tizimida indekslanadi hamda DOI raqami beriladi. Shuningdek, tahrir hay’ati qaroriga asosan maqolalar “Zarmed science” ilmiy jurnalida e’lon qilinadi.

📞 Murojaat uchun:
+99893 227 88 55
+99890 193 96 16
+99893 334 04 76

← Yangiliklarga qaytish